Ushbu maqolada PR nima ekanligi va nima uchun biznes o‘zining tashqi kommunikatsiyalari ustida ishlashi kerakligi ko‘rib chiqilgan.
Piar nima?
“Piar nima?” degan savolga qanday javob bergan bo‘lardingiz? Agar buni oddiy so‘zlarda ta'riflaydigan bo‘lsak, shunday desak bo‘ladi: “Bu brend yoki ekspertni ijobiy tomondan ko‘rsatib, OAV, tadbirlar va shu kabilar yordamida targ‘ib qilish”.
Bizga ko‘proq ingliz yozuvchisi Jeremi Tanstall piar so‘ziga bergan ta'rifi yoqadi. Uning hisoblashicha, piar – bu do‘stlarni orttirish va odamlarga ta'sir qilish san’ati. Bu ta’rif uning mohiyatini juda yaxshi aks etadi – piar maqsadli auditoriyangizdan ishonuvchan hamjamiyatni shakllantirish va unga kommunikatsiyalar orqali ta’sir qilishga imkoniyatini beradi.
Piar kompaniya yoki brendning ijobiy imijini yaratishga yo‘naltirilgan. Buning uchun piar mutaxassisi ixtiyorida ko‘p vositalar mavjud:
OAVda chiqishlar,
tadbirlar,
turli reklamalar,
hamkorlik,
ijtimoiy tarmoqlar,
jo‘natmalar,
press-relizlar va h.k.
Piar chindan ish berishi va brend yoki kompaniyaga kerakli natijaga erishishga yordam berishi uchun piar strategiyani, ya’ni asosiy harakatlar, vositalar va kompaniyaning piar faoliyati natijalarini baholash mezonlari qayd etilgan hujjatni ishlab chiqish lozim.
Piar strategiyaga ega bo‘lib, kompaniya piar orqali qaysi biznes maqsadlarga erishishi kerakligini aniqlashi va uning samaradorligini qanday o‘lchashi lozimligini tushunishi oson bo‘ladi.
Biznesga piar nima uchun kerak?
Sotuvlar – har qanday biznesning asosiy maqsadi. Istalgan piar faoliyat mahsulot yoki xizmatingizga xaridorlarning qiziqishini rag‘batlantirib va oshirib, sotuvlar o‘ramasiga ta’sir qilishi mumkin.
Sotuvlarning odatiy o‘ramasi va uning piarni amalga oshirishga ko‘maklashadigan bosqichlarida maqsadli harakatlari
Xabardorlik -> Jalb qilish -> Mediada nomini keltirib o‘tish, yangiliklar va relizlar, ijtimoiy tarmoqlar, ORM (dasturlash texnologiyasi)
Ehtiyojni anglash -> Konvertatsiya qilish -> Sharhlar va maqolalar, Performance marketing, bloglar
Tanlov -> Qamrab olish -> Maxsus loyihalar (digital), ijtimoiy tarmoqlar
Xarid -> Sotish -> Kontekstdagi reklama, Programmatic
Yevangelizm -> Retargetlash -> UGC, Komyuniti, texnik qo‘llab-quvvatlash va kafolatlar
Piar biznesga yana qanday maqsadlarga erishishga yordam beradi:
Mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabni ta'minlash
Uzoq istiqbolda xaridorlarni jalb qilish xarajatlarini imkon qadar kamaytirish
Raqobatchilarni siqib chiqarish, o‘z joyidagi ulushini kengaytirish
Ijtimoiy ahamiyatga ega biznes orasida o‘z o‘rnini egallash
Bo‘lajak inqirozlarda imkon qadar barqarorlikni ta’minash
Kompaniya foydasini oshirish
Keling, bu haqiqiy misollarda qanday ishlashini ko’raylik. Ushbu maqolada ITCOMMS portfoliosidan bir necha keyslar keltitib o’tamiz.
“Xabardorlik” bosqichi
Mijozlarimizdan biri Lotin Amerikasi mamlakatlari bozorlariga ARUM TRADE yangi fintex (FinTech) kompaniyasini olib chiqishi kerak edi. Kompaniya uchun bu mutlaqo yangi bozor bo‘lib, unda maqsadli auditoriya orasida ham, OAV va fikr yetakchilari orasida ham brend haqida tushuncha bo‘lmagan. Bu yerda piar xabardorlik bosqichida yordam berishi kerak edi: keng auditoriyaning e'tiborini ARUM TRADE va uning mahsulotlariga jalb qilish.
Biz agentligimiz ekspertlari va mintaqa mamlakatlaridan mahalli kommunikatsiyalar mutaxassislarini o‘z ichiga olgan loyihaning xalqaro guruhini yig‘dik. Loyiha ustida media munosabatlar bo‘yicha ekspertlar, bloggerlar va jalb qilish bo‘yicha mutaxassislar, akkaunt menejerlari va targetologlar ish olib bordi.
Biz mahalliy bozorni o‘rgandik: mintaqaning maqsadli auditoriyasida media iste'molining xususiyatlarini aniqlash uchun mahalliy tadbirkorlar bilan qator intervyular o‘tkazdik. So‘ng shakllangan xaridorlarga brend xabarlarini yetkaza oladigan asosiy maqsadli OAV va inflyuenserlarni ajratib oldik.
Kompaniya asoschilarining tele- va radioefirlarda ishtirokini tashkil qildik. Puxta
rejalashtirilgan mediadagi faollik hisobiga Meksika, Argentina, Kosta-Rika va Peru ommaviy axborot vositalarida 91 ta chiqish qilishga erishildi.
“Tanlov” bosqichi
Qanday qilib maxsus loyiha yordamida nafaqat daromadni yaxshigina oshirish, balki mavsum bo‘lmaganida ham sotuvlarni oshirish mumkin?
Bu keys bozor to‘xtab qolganida sotuvlarni qanday qilib oshirish va rag‘batlantirish
mumkinligini ko‘rsatib beradi. Kampaniyaning g‘oyasi hamkorni jalb qilish hisobiga mijozimiz – SSD Kingston va HyperX Memory mahsulotlarini yanada ko‘p sotilishini ta’minlash.
Kompleks aqliy hujumdan keyin hamkor sifatida Bethesda Softworks yirik amerikalik kompyuter o‘yinlarining yaratuvchisini jalb qilishga qaror qilindi. Kingston kompaniyasining yangi mahsulotini biz Rage 2 o‘yini orqali ilgari sura boshladik, chunki u vizual effektlarga ega, aksiya bilan bir vaqtda chiqadi va “temirga” ancha talabchan o‘yin hisoblanadi.
Bethesda Softworks bilan muzokaralar uchun biz qator asosli dalillarni o‘ylab qo‘ydik va ular ishlab chiqaruvchini reklama kampaniyasida ishtirok etishga ishontirishi kerak edi.
May oyi kayfiyatiga mos tushadigan yorqin va kreativ bannerlarni tayyorlab qo‘ydik. Asosiy messej: “Optimal o‘yin uchun 16 GB operativ xotirani va 240 GBli SSD tavsiya qilamiz. Shaxsiy kompyuteringizdan samarali foydalaning”.
Brendni ommalashtirish uchun biz quyidagi maydonlarni tanladik:
pre-rollarning integratsiyasi uchun 6 ta YouTube kanali,
targetlashtirilgan reklama uchun “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida 9 ta pablik (5 ta geymer pablik, 1 ta IT haqida pablik va onlayn do‘kon sahifalari);
Habr resursida bloglar;
onlayn do‘kon saytlari;
tarmoq OAVda chiqishlar.
Biz nimaga erishdik?
YouTube: 1,2 mln. ko‘rishlar va 2500 kliklar.
VKontakte: e’lonlar bo‘yicha 35 000 ko‘rishlar va 211 kliklar, onlayn do‘kon sahifalarida 27 500 ko‘rishlar va geymer pabliklarda 400 000 ko‘rishlar hamda 3200 kliklar.
Do‘kon va maydonchalar saytlari: haftasiga 154 000 ko‘rishlar va 1500 ga yaqin kliklar.
Sotuvlar past bo‘lgan mavsumda ko‘proq daromad topish mumkin. Yangi o‘yinni joriy qilish bilan bog‘liq qat’iy harakatlarimiz maqsadli auditoriyani jalb qila olishi haqidagi farazimiz o‘zini oqladi. Biz Kingston auditoriyasiga eng asosiy g‘oyalarni yetkazib, SSD va vendor xotirasi sotuvlarini 50 foizga oshirishga muyassar bo‘ldik.
“Tanlov” va “Xarid” bosqichlari
Qozog‘istondagi Logitech reklamasida oldimizda brendni tanlash va uni sotib olish
bosqichlariga ta'sir qilish vazifasi turgan. Piar faollik yordamida auditoriyani e'tiborini tortish va uni Logitech brendini tanlashga chorlash kerak edi.
Qozog‘istondagi yirik riteyllar Logitech qurilmalarini sotishgan, ammo ular rastalarda changib yotgan. Xaridorlar brend mahsulotlarini ofis uchun byudjet “sichqonchalari” va klaviaturalari sifatida qabul qilishgan.
PR yordamida brend bunday tasavvurni o‘zgartirishi va Logitech mahsulotlari ofis uchun ikkilamchi ahamiyatga ega qurilmalar emasligi, balki ishda, o‘qishda va ijodda zamonaviy ko‘p funksional yordamchi ekanligiligini tushuntirishi lozim edi.
Iste’molchilar brendga va yangi mahsulotga ishonch uyg‘otishi uchun biz saralab olingan blogerlar bilan sheriklikda ishladik. Hamkor do‘konlarga o‘tishga trafikni konvertatsiya qilgan loyihaning lendingini yaratdik. Loyiha ishtirokchilari qulay, funktsional va zamonaviy ish makonini qanday yaratish kerakligi, Logitech texnologiyalari o‘qishda va ijodda qanday yordam berishi va yurgan holda qanday samarali ishlash mumkinligi haqida gapirib berishdi.
Qo‘shimcha vosita sifatida Instagram’da maqsadli reklama qo‘llanildi.
Kampaniyaning umumiy media qamrovi 4 mln odamni tashkil qildi. Loyiha doirasida biz nafaqat mahsulotni maqsadli auditoriya orasida yangicha qabul qilinishi ustida ishlashga va riteylda sotuvlarni yo‘lga qo‘yishga muyassar bo‘ldik, balki keyingi yirik loyihalar uchun ambassadorlar doirasini shakllantirishga erishdik.
Bundan tashqari, PR kompaniyaning hamkorlar, davlat idoralari bilan aloqalarini o‘rnatishga, investorlarni jalb qilishga va kompaniyaning kuchli HR brendini yaratishga yordam beradi. Kompaniyalar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan strategik sohalardagi biznes muammolarini hal qilish uchun PR dan foydalanishlari mumkin.
PR ish berdimi: samaradorlikni o‘lchaymiz
Sifatli PR biznesga sotish va avvalgi bo‘limning ro‘yxatidagi maqsadlarga erishishga imkon beradi. Hammasi behuda bo‘lmaganligini va piar zarur biznes maqsadlariga erishishga yordam berganini qanday tushunish mumkin? Bir necha maslahatlarni keltirib o‘tamiz.
Piarning samaradorligini aniqlaydigan ko‘rsatkichlar piar loyihasini boshlashdan oldin belgilanishi kerak. Piar qanchalik yaxshi ishlashini o‘lchash uchun aniq nimani o‘lchashingizni tushunib, buni loyihaning oxirida yoki o‘rtasida emas, balki boshida shakllantirib olishingiz kerak.
Piar samaradorligini kuzatib borish uchun ko‘rsatkichlarni tanlayotganda haqiqatan baholab bo‘ladiganlarini tanlash lozim. Masalan, ular qatorida quyidagilar bo‘lishi mumkin: savdo hajmining oshishi (sotilgan tovarlar yoki xizmatlar hajmi, foyda)
kompaniyaga qiziqishning ortishi (kiruvchi so‘rovlar soni, brendli qidiruv trafigining ulushi)
talabning o’sishi info makonda kompaniya va brend haqida ijobiy fikrlarning ko‘payishi (ijtimoiy tarmoqlar, OAV va boshqa internet maydonlarida uning nomi tilga olinishi soni)
saytdagi konversiyalarning ko‘payishi (kompaniyaning veb-saytiga trafikni mahsulot kartalariga, onlayn xaridlarda o‘tishga aylantirish) hamkorlar o‘rtasidagi muloqotni soddalashtirish (so‘rov natijalari).
Biznesni rivojlantirishga har tomonlama yondashing. PR kompaniya yoki brend mahsulotlariga qiziqish uyg‘otishi mumkin, ammo istalgan biznes maqsadlariga turli sabablarga ko‘ra erishilmay qolishi mumkin. Bu, masalan, piar faoliyati samarasiz bo‘lganligi uchun emas, balki savdo bo‘limi buyurtmalar oqimini qabul qilishga ulgurmayotgani va uning ishini tezda qayta tashkil etish kerakligi uchun sodir bo‘ladi.
So‘z oxirida shuni ta’kidlash lozimki, piar biznes uchun sehrli dori vositasi emas. Piar – bu qadam-baqadam bosib o‘tiladigan uzoq yo‘l bo‘lib, uni o‘tayotib kompaniya maqsadli auditoriya tomonidan qanday qabul qilinishi ustida izchil va mashaqqatli ishlaydi va asta-sekin vektorni kerakli yo‘nalishga burib boradi. Piar bu samarali aloqalarni o‘rnatish, bu uzoq vaqt davom etadigan tizimli ishlashdir.
PR qaerdan boshlashni bilmayapsizmi? Bizga elektron pochta orqali xabar yuboring welcome@itcomms.io