top of page

B2B formatidagi biznesning targ'iboti: keyingi o‘n yillikda aktual uchta aloqa kanali

ITCOMMS agentligi, IT-kompaniyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi va mijozlarimizning katta qismi B2B-da ishlaydi. Agentlik mutaxassislari, ushbu segmentda katta tajriba to‘plashgan va ushbu maqolada biz muloqotlarni malakali qurish orqali istalgan biznes maqsadlariga qanday erishish bo‘yicha maslahatlar bilan o‘rtoqlashamiz.


Bizning fikrimizcha B2B kompaniyalarining joriy qilinishi kerak bo‘lgan uchta targ‘bot kanali haqida gapirib beramiz.

Siz o‘zingizning mahsulot va xizmatlaringiz uchun samarali reklama strategiyalarini qanday yaratishni, nimani tejashingiz va nimadan voz kechishingiz kerakligi va aksincha, nimaga e’tibor berish kerakligini bilib olasiz.

Shuning uchun ham, kompaniyalar o‘z mahsulotlari va xizmatlarini samarali targ‘ibot qilish strategiyalarini qanday yaratishni tushunishlari muhimdir.

SHAXSIY BREND


Shaxsiy brend - so‘nggi yillarning shubhasiz tendentsiyasi va savdoni kuchaytirishning eng samarali vositalaridan biri.

Biz B2B-dagi barcha top-menejerlarga uni rivojlantirishni tavsiya qilamiz, chunki investorlar, ehtimoliy mijozlar va xodimlar, boshqaruvchisi yoki mutaxassislari kuchli shaxsiy brendga ega bo‘lgan kompaniyaga ko‘proq ishonishadi.

Buni SurveyMonkey so‘rovlar o‘tkazish tizimi va TrustRadius kompaniyasi tomonidan muntazam ravishda o‘tkaziladigan global B2B sektorining tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Keyingi slaydda, ushbu tahliliy hisobotning asosiy natijalari ko‘rsatilgan.


Aksariyat odamlar – so‘rovda qatnashganlarning 62 foizi o‘z sohasida professional tajribaga ega bo‘lgan kompaniyalar mutaxassislarini ekspertlar deb hisoblashadi, 21 foizi esa ekspertlarning ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlariga ishonishadi.

SurveyMonkey va TrustRadius tomonidan o‘tkazilgan global B2B-sektori tadqiqotlarining asosiy natijalari.

Shaxsiy brendni kompaniya rahbari atrofida qurishi mumkin, faqat bu bilan cheklanmasdan. HR menejeri, savdo bo‘yicha mutaxassis va boshqalarda ham kuchli ekspertiza bo‘lishi mumkin. Birinchi holda, kompaniyaning kadrlar siyosatiga kuchli ta'sir ko'rsatiladi, bunda, shaxsiy brend xodimlarni saqlab qolish yoki yangilarini jalb qilish maqsadiga, ikkinchi holda esa, savdo konversiyasiga yo'naltiriladi (spoiler: u o‘sadi).


Agar siz hali shaxsiy brend ustida ishlashni boshlamagan bo‘lsangiz, hozir buni qilishning ayni vaqti. ITCOMMS asoschisi Aleksandr Lixtman, o'z videosida ishni nimadan boshlash kerakligini aytib beradi.

Shuningdek, biz shaxsiy brend haqida batafsil maqola tayyorlayapmiz, uni noyabr oyida blogimizda uni chop eamiz. Materialda kompaniyaning biznes maqsadlariga erishish uchun rahbarning shaxsiy brendini qanday rivojlantirish kerakligi hikoya qilinadi.


TADBIRLAR


COVID-19 pandemiyasining oqibatlari va masofaviy ishning tobora ommalashib borishi, jonli muloqotga bo‘lgan ehtiyojni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Oflayn muloqot murakkab mahsulotlar uchun mijozlarni, hamkorlik uchun sheriklarni, biznesni kengaytirish uchun xodimlarni topishga yordam beradi.


Konferentsiyalarda notiq, mehmon, tinglovchi sifatida ishtirok eting, har qanday tanlangan holatda ham foyda bo‘ladi.

Bundan tashqari, auditoriyangiz uchun tadbirlar tashkil qiling, ekspertiza va tajribangiz bilan o‘rtoqlashing, kompaniya va uning mahsuloti atrofida hamjamiyatlarni to‘plang, maqsadli auditoriyangizning fikr-mulohazalarini o‘rganing.

Bularning barchasi mijozlaringizning sodiqligini oshirishga, brend himoyachilarining o'sishiga va oxir-oqibat savdoni oshirishga yordam beradi.


Masalan, biz ITCOMMS kompaniyasida IT sohasidagi piar mutaxassislari uchun bir qator ta’lim tadbirlarini ishga tushirdik. Armaniston va O‘zbekistonda uchrashuvlar muvaffaqiyatli o‘tkazib bo‘lindi. Bunday uchrashuvlar formati, aloqa o‘rnatish va qisqa muloqotlar yordamida IT-biznesini rivojlantirish haqida foydali bilimlarni olishga qaratilgan. Yaqin kelajakda, Qozog‘istonda ham yangi kengaytirilgan dastur bilan chiqishni rejalashtirganmiz.


Oxirgi ikki oy ichida, bizning oʻzimiz ham Sochidagi Polyana Fest Startapi, Jolbors Markaziy Osiyo muloqotlar festivali, Festival, AKT Week Uzbekistan kabi bir qancha sohaviy tadbirlarda ishtirok etdik.

СЕО ITCOMMS Aleksandr Lixtman piar nimaligi va uning kompaniyalarga nima uchun kerakligi haqida aytib bermoqda
HyperX va Binance targ‘ibot keyslari, tadbir mehmonlarida katta qiziqish o‘yg‘otdi

SHAXSIY MEDIALAR


Shaxsiy medialar — kompaniyaning shaxsiy resurslari: sayt, blog, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, va shuningdek kompaniyaning OAV-dagi xodimlari blogidir. Tajribamizga ko‘ra, bu mijozlar orasida eng yetarlicha baholanmagan targ‘ibot vositalaridan biridir.


Katta auditoriyaga ega tashqi platformalar mavjud bo‘lganida, saytda blog ochishning nima keragi bor? Kim uni o‘qiydi?

Bunday savollarga bizning javobimiz bor: sizning maydonlaringiz - auditoriyani, kontentnini va o‘z obrazingizni rivojlantirishni 100% boshqarishingiz mumkin bo'lgan yagona resurs.

Aynan shu yerda, siz maqsadli auditoriyaning yadrosini to‘playsiz va sodiq hamjamiyatni shakllantirishingiz mumkin. Bundan tashqari, o‘z maydonlaringiz SEO targ‘iboti va brendli so‘rovlar bo‘yicha qidiruv natijalariga ta’sir qilishning ajoyib vositasidir.


Quyida, Markaziy Osiyodagi IT-kompaniyalarning qiziqarli va foydali bloglaridan bir nechta misollar keltirilgan.


Agar sizda hali ham orzuingizdagi blog yoki yangiliklar bo‘limi bo‘lmasa, bu postni aynan uni yaratish uchun belgi deb hisoblang.


Ushbu yo‘nalishlarni rivojlantirmoqchisizu, ammo bunga kuchingiz, resurslaringiz va vaqtingiz yetmayaptimi?


Bizga welcome@itcomms.io - ga yozing, biz hech bo‘lmasa ishni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishga, va ko‘pi bilan bu yo‘lda sizning hamkoringiz bo‘lishga harakat qilamiz.


Bizning Telegramdagi kanalimiz — obuna bo‘lish.

bottom of page