Shaxsiy brend nima, va u nima uchun kerak
BRANDfog agentligining tadqiqotining ma’lumotlariga ko'ra, odamlarning 77 foizi ijtimoiy tarmoqlar uning egasi tomonidan muvaffaqiyatli boshqariladigan kompaniyani afzal ko‘radilar. Rambler & Co media xoldingi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki: 46 foiz insonlar qiyofasi shaxsiy brendini tashkil etuvchi hatti-harakatlari va ishlari bilan belgilanadi, deb hisoblaydi.
Shaxsiy brend - shunchaki mashhurlik emas va u hatto Instagramdagi yuz minglab obunachilaringiz soniga ham teng emas. Qisqacha qilib aytganda, shaxsiy brend - bu ma'lum bir sohadagi mutaxassisning ommaviy qiyofasidir. Shaxsiy brend - bu “o'zini kashf etgan” odamning hammaga tanish ismi va kasbiy darajasi. Bizning agentlikda quyidagi tushuncha bor, shaxsiy brend - bu siz xonada chiqganingizda odamlar siz haqingizda nima deyishalari.
Bundan tashqari shaxsiy brend - mehnat bozoridagi qo‘shimcha qiymat hamdir. Agar sizning sohangizda yuqori raqobat mavjud bo'lsa, siz uchun shaxsiy brend zaruriyat sanalib,
boshqaruvchilar uchun shaxsiy brendi korxona imidjining zarur elementiga aylanadi. Kuchli va yaxshi o‘ylab yaratilgan shaxsiy brend, biznes loyihalarining raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Ushbu maqolada siz:
- «Sizga shaxsiy brend kerakmi»mini-testi;
- Rahbarlik, shaxsiy brend bilan ishlashni nimadan boshlash kerak;
- Tayyorlash ishlari va shaxsiy brendni rag‘batlantirish uchun tekshiruv-varaqalar;.
- Mutaxassis maslahatlari kabi foydali ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
«Sizga shaxsiy brend kerakmi»? mini-testi.
Shaxsiy brendingizni targ'ib qilish strategiyasini tayyorlashni boshlashdan oldin, o'zingizga ikkita asosiy savolga to‘gri javob berishingiz kerak:
Siz o'z sohangizda professionalmisiz yoki mutaxassismisiz? Buni isbotlay olasizmi?
Sizning maqsadingiz nima, kuchli shaxsiy brend sizga nima uchun kerak?
Sizning maqsadingiz bor va siz o'zingizning malakangizni qanday isbotlashingiz mumkinligini tushunasiz - tayyorgarlik ishlariga kirishishingiz mumkin. Faqat manmanlik yoki "hamma kabi bo'lish" uchun shaxsiy brendni ishlab chiqish shart emas.
Shaxsiy brend bilan tayyorgarlik ishlari uchun tekshiruv-varaqasi:
● Mutaxassis sifatida pozitsiyangizni shakllantiring; kuchli va noyob qobiliyatlaringizning ro'yxatini tuzing. Shundan so'ng, ehtimoliy o'sish nuqtalarini va buni amalga oshirish mumkin bo'lgan resurslarni aniqlash oson bo'ladi.
● Shaxsiy brendingizni targ'ib qilish uchun yakuniy maqsadni qo'ying.
● Shaxsiy brend yaratish rejangizning natijasini baholaydigan mezonlar ro'yxatini tuzing.
● Shaxsiy brendingiz bilan ishlashga sarflashingiz kerak bo'lgan vaqt va kuchingiz yetarlimi yoki yo'qligini tahlil qiling. Agar ushbu bosqichda siz uni rivojlantirish uchun ko'p resurslarni ajratishga hali tayyor emasligingizni tushunsangiz, unda bunday ishda sizga yordam beradigan pudratchini jalb qilish haqida o'ylash mumkin.
Shaxsiy brend yaratish bosqichlari
Shaxsiy brendni yaratish va targ'ib qilish bo'yicha barcha ishlarni quyidagi uchta asosiy bosqichga bo'lish mumkin: asosni tayyorlash, kontentni qadoqlash va targ'ibot qilish. Dastlabki ikki bosqich - bu shaxsiy brend egasi, qoidaga ko'ra, mustaqil ravishda qila oladigan ishlar, ammo rivojlanish sizga alohida mutaxassis kerak bo'ladi.
Shaxsiy brend quyidagi ikkita asosiy xususiyatdan iborat: obro' va qamrov. Obro' - bu sizning shaxsiy va professional fazilatlaringiz, kuchli va zaif tomonlaringiz haqidagi umumiy fikr. Biroq, obro'ning o'zi yetarli emas. Siz tor doiradagi hamkasblaringiz tomonidan tan olingan mutaxassis bo‘lishingiz mumkin, ammo omma sizni tanimasligi mumkin.
Agar biz qamrov haqida gapiradigan bo'lsak, bu birinchi navbatda sizning ehtimoliy mijozingiz bo'lgan maqsadli auditoriya orasidagi mashhurlikdir. Shaxsiy brend uchun Madonna yoki Ledi Gaga kabi ijtimoiy tarmoqlarda keng ommaboplik va mega qamrov zarur emas.
Shaxsiy brendni samarali targ'ib qilish uchun obro'ning o'zi yetarli emas, qamrov haqida ham o'ylash kerak.
1
Shaxsiy brendning o'zagi - shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan boshlanadi.
O‘ziga xos fazilatlar aniq bo‘lar ekan,ularga tayangan holda shaxsiy brendni targ'ib qilish uchun qanday resurslarga ega ekanligini baholash mumkin. Xodimning o'ziga xos fazilatlarini anglash orqali kompaniyaning biznes maqsadlariga erishish jarayonini yengilashtiradi. Yuqoridagilarni inobatga olib kelgusi rivojlanish strategiyasi shakllantiriladi.
2
“Qadoq” ustida ishlaymiz - bu tashqi tomondan mutaxassisni tavsiflovchi hamma narsa. Masalan, kiyinish uslubi, tashqi ko'rinishi, xulq-atvori, muloqot uslubi va u bilan bog'liq brendning korporativ o'ziga xosligi . “Qadoqning” barcha elementlari mutaxassisning biznes maqsadlariga erishish uchun birgalikda ishlashi va shaxsiyatning mohiyatiga zid bo'lmasligi kerak.
3
Shaxsiy brendni targ'ib qilish - bu maqsadli auditoriyangiz bilan aloqa asosiy nuqtalar bo'lgan strategik rejadir. Birinchi navbatda, bu ommaviy axborot vositalarida nashrlar, tadbirlarda ekspert sifatida chiqishlar, shunchaki faol tarmoqqa ega bo'lgan tinglovchi sifatida qatnashish, maqsad esa ijtimoiy tarmoqlar va ekspert hamjamiyatlaridagi faollikdir.
Bu bosqichda quyidagilar tavsiya etiladi:
- ijtimoiy tarmoqlarni faol yuritish, ommaviy axborot vositalarida nashrlar qilish va ekspertlik sharhlarini berish;
- tadbirlarda nutq so'zlash, vebinarlar o'tkazish, qo'shimcha tarzda siz tematik onlayn kurslar dars berishingiz mumkin.
Shaxsiy brendni targ'ib qilish bo'yicha barcha harakatlar umumiy strategik kontent rejasiga kiritilishi kerak. Unda asosiy reklama kanallari, kontent turlari va formatlari, ishlash mezonlarini va nazorat nuqtalari qayd qilinadi. Xuddi shu hujjatda bunday ishlar uchun taxminiy byudjetlar ko'rsatiladi. Qoidaga ko'ra, shaxsiy brend egalari ushbu faoliyat blokini maxsus ajratilgan mutaxassisga berishadi.
Shaxsiy brendni targ‘ibot qilish uchun tekshiruv varaqasi:
Siz maqsad va vazifalarni belgilab oldingiz va nima uchun sizga shaxsiy brend kerakligini aniq tushundingiz.
Shaxsiy brend egasining resurslari taftishini o'tkazing va uning asosiy qismini shakllantiring.
Shaxsiy brendingiz uchun yagona vizual muhit yaratish uchun kuchli tomonlaringizdan foydalaning - “qadoq” yarating.
Mutaxassis bilan birgalikda targ‘ibotning strategik rejasini tuzing.
Shaxsiy brendingizni yaratish uchun vaqtingizni va boshqa resurslaringizni sarflashga tayyor bo'ling.
Qoidaga ko'ra, shaxsiy brendni targ'ibot qilish mutaxassislarga topshiriladi, chunki bu masala katta tajribani talab qiladi. Biroq, istisnolar ham mavjud.
ITCOMMS agentligi asoschisi Aleksandr Lixtman shaxsiy brend bilan ishlash qachon uchinchi tomon pudratchisiga topshirilmasligi haqida shunday fikirda.
1. Biror kishi o'z ijtimoiy tarmoqlarida yaxshi yozsa, shaxsiy brendni targ'ib qilish uchun pudratchi olishning hojati yo'q. Hech bir kopirayter, hatto juda yaxshi muallif ham yozuvchining uslubiga mukammal moslasha olmaydi va muallifning o'ziga yoqadigan tarzda matn yoza olmaydi.
2. Agar buyurtmachi “vahimakash” odam bo'lsa, doimiy nazoratni hohlas, bunday holda, u begonalarga o'z ijtimoiy tarmoqlariga begona odamlarga ruhsat berishi qiyin kechadi.
Bu alohida jasorat yoki o'zini idoraga olishni talab qiladi, buni hamma ham qila olmaydi.
3. Shuningdek, tegishli tadqiqotlarni o'tkazmasdan, mohiyatni o'rganmasdan, matritsa va kontent mazmuniga kirishmasdan darhol nima qilish kerakligini aytadigan pudratchiga shaxsiy brend uchun xizmatlar ko'rsatishni topshirish mumkin emas.
Boshqa barcha holatlarda, shaxsiy brendni targ'ib qilishni pudratchiga zimmasiga yuklash mumkin va zarur. Siz yaratadigan qiyofa sizning shaxsiyatingizga mos kelishi kerak. Agar qiyofa va shaxsiy brend egasi o‘rtasida hech qanday bog’liklik bo'lmasa, 100 foiz sun'iy niqob bo'lsa, sizga shunchaki ishonishmaydi. Shuning uchun, o‘zingizga hos bo‘lmagan fazilatalrni ko'rsatish shart emas. Ammo bu yaxshi vizual kerak emas degani emas.
Aleksandr bilan shaxsiy brend haqida video intervyu:
Asosiysi, hamma narsa tabiiy bo'lishi kerak. Va bunda sizning shaxsiyatingizga mos keladigan fotosuratlar, videolar va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalaringizda kontseptsiyasini yarata oladigan yaxshi mutaxassislar yordamga keldilar.