Jurnalistlar sizning pitchlaringizga qiziqtirmaydimi va sizning so’rovlaringizga javob bermaydilarmi?
Ushbu muammo tanish bo’lsa, unda bu post aynan siz uchun.
Agentligimizning PR-mutaxassisi Alina Morozova samarali pitching uchun 10 qoida tayyorladi. Ushbu qoidalar materialingiz qabul bo’lishiga yordam beradi.

Men jurnalistlar bilan deyarli har kuni muloqot qilaman va aniq aytolaman, ular bir kunda 100 taga yaqin xatlarni qabul qilishadi. Pitchingiz e’tibor tortish uchun, 100% mukammal bo’lishi lozim. Bu holda qanday yo’l tutish kerak?
Men o'z tajribamga asoslanib, ba'zi maslahatlarni ulashaman:
🔸Jurnalistlar ishlatadigan “tildan” foydalanishga harakat qiling
🔸Qabul qiluvchiga so’rovingiz qanday foydali bo’lishini tushuntiring. Maslahatim, SWIFT (So What’s In It For Them?- Ular uchun nima foyda?) usulini amal qiling.
🔸 Jurnalistni masalaning mohiyati bilan tanishtiring. Yuqori ehtimol bilan muhim jihatlardan bexabar bo'lishi mumkin, shuning uchun mahsulot bo'yicha qisqacha ma’lumot bering.
🔸Pitchni zerikarli qilishdan chetlaning.
🔸Ma’nosiz va noodatiy so’zlarni ishlatmang.
🔸Uzoq muqaddima yozmang - mavzuga o'ting.
🔸Taklif qilayotgan mavzu jurnalistga mos kelishligiga ishonch hosil qiling.
🔸Pitch qisqa va tushunarli bo’lishi kerak.
🔸Har bir jurnalistga pitchni moslashtiring, bir xil xatni 100 taga yubormang
🔸Qoshimcha ma’lumot kiriting: nega hozir, nega aynan ushbu jurnalist, nega bu mavzu 6 oydan so’ng emas, balki bugun muhim?
Eslatma: jurnalistlar sizning xatingizni imkon qadar tezroq o'qishlari muhim, shuning uchun keraksiz tafsilotlar va lirik muqaddimalar bilan vaqtlarini behuda sarflamang.
Foydali bo'ldimi? Postni hamkasblaringizga yuboring.