PR-menejer / akkaunt-menejer
Toshkentda 3 yildan ortiq tajribaga ega PR-menejer qidiryapmiz: xalqaro mijozlar, Oʻzbekiston va undan tashqaridagi OAV bilan ish, oʻz mijozlar guruhi.
- Joylashuv
- Masofadan · Toshkent, Oʻzbekiston
- Bandlik
- To‘liq ish kuni
- Yo‘nalish
- PR
- Tajriba
- 3–6 yil
- E’lon qilingan
- 21-sentabr, 2026
- Arizalar qabul qilish muddati
- 30-oktabr, 2026
Kompaniya haqida
ITCOMMS — IT va texnologiya kompaniyalari uchun xalqaro PR-agentlik. Biz Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston va Tojikistonda ishlaymiz.
Jamoada qariyb 20 kishi, hamma masofadan ishlaydi. Hozir O’zbekistondan mutaxassis qidiryapmiz — asosiy faolliklar Toshkentda.
Mijozlarimiz orasida mintaqada faoliyat yuritayotgan yirik xalqaro texnologiya kompaniyalari va mahalliy IT-kompaniyalar bor. Ular o‘z bozorida yetakchi o‘rin egallagan brendlardan tortib, xalqaro maydonda tanilishga intilayotgan istiqbolli kompaniyalargacha bo‘lgan keng doirani qamrab oladi.
Deyarli har bir loyihamiz o‘ziga xos: bozorda hali yaxshi tanilmagan mahsulotni ommaga tanishtirish yoki mijoz uchun yangi bozorga chiqish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi. Ko‘pincha tayyor yechimlar bo‘lmaydi, chunki bunday loyihalar uchun yangi yondashuvlarni o‘zimiz yaratamiz.
Bu siz uchun nimani anglatadi
Bir yil ichida siz kompaniyalarning ichki PR-jamoalarida ishlaydigan mutaxassislar tajribasida kam uchraydigan loyihalar portfelini shakllantirishingiz mumkin: xalqaro OAV bilan ishlash va ularga materiallar taklif etish, bir vaqtning o‘zida bir nechta bozorda yangi mahsulot va xizmatlarni taqdim etish, shuningdek, nufuzli kasbiy mukofotlarga nomzod sifatida taqdim etish mumkin bo‘lgan maxsus loyihalar va PR-kampaniyalarni amalga oshirish.
Siz tajribali mutaxassislar bilan bir jamoada ishlaysiz, ulardan yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Jamoamizga yaqinda qo‘shilgan hamkasblarimiz ham aynan shu maqsadda kelgan: OAV bilan ishlash, pitching, PR-strategiyalarni ishlab chiqish va xalqaro mijozlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha tajribasini oshirish. Bugun ular ushbu yo‘nalishlarda sezilarli kasbiy o‘sishga erishmoqda.
Bizda xatolar va biror narsani bilmaslik uchun hech kim ayblanmaydi. Aksincha, bunday vaziyatlar ochiq muhokama qilinadi va birgalikda yechim topiladi. Biz uchun sizning hamma narsani biladigandek ko‘rinishingiz emas, balki o‘rganishga intilishingiz va kasbiy rivojlanishingiz muhimroq.
Masofaviy ish tizimlashtirilgan: ERP, tushunarli masʼuliyat zonalari va qayd etilgan kelishuvlar.
Agar siz odatiy ish uslubi bilan cheklanishni afzal ko‘rsangiz, har bir vazifa uchun tayyor texnik topshiriq kutishga o‘rgangan bo‘lsangiz yoki kasbiy tajribangiz asosan davlat tashkilotida matbuot kotibi sifatida ishlash bilan cheklangan bo‘lsa, bizning ish uslubimiz sizga mos kelmasligi mumkin.
Agar bozordagi yangiliklar va o‘zgarishlarga qiziqsangiz, mustaqil ravishda yangi g‘oya va yechimlarni taklif qilishga tayyor bo‘lsangiz hamda bir yil ichida kasbiy jihatdan sezilarli darajada o‘sishni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!
Vazifalar
Bu lavozim PR-menejer va akkaunt-menejer vazifalarini birlashtiradi: siz o‘z mijozlaringiz bilan bevosita muloqot qilasiz, ularning loyihalarini boshidan oxirigacha boshqarasiz va amalga oshirasiz.
PR-menejer
- Yangilik sabablarini topish va ishlab chiqish.
- Press-relizlar, mualliflik maqolalari va sharhlarni tayyorlash hamda tarjima qilish — mustaqil yoki kopirayter jalb qilgan holda.
- O‘zbekiston, Qozog‘iston va mintaqadan tashqaridagi OAVga materiallar taklif etish va ularning chop etilishiga erishish.
- Maxsus loyihalarni tashkil etish, blogerlar va pudratchilar bilan ishlash, sifat va muddatlarni nazorat qilish.
- PR-kampaniyalar natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash.
Akkaunt-menejment
- Mijoz bilan asosiy aloqa nuqtasi bo‘lish: uchrashuvlarni rejalashtirish, kelishuvlarni qayd etish va tezkor so‘rovlarni hal qilish.
- Mijozning yangi ehtiyojlarini aniqlash hamda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Hujjatlar aylanishini yuritish, o‘z loyihalarining byudjeti va rentabelligini nazorat qilish.
- Yangi mijozlar uchun tijorat takliflarini tayyorlash va taqdim etish jarayonida ishtirok etish.
Talablar
- PR sohasida kamida 3 yillik tajriba. Agentlikda yoki kompaniyaning ichki PR-jamoasida ishlagan bo‘lishingiz mumkin, ammo OAV bilan mustaqil ishlash tajribasi bo‘lishi shart.
- O‘z portfelingizda ko‘rsata oladigan OAVdagi materiallar va amalga oshirilgan PR-kampaniyalar.
- O‘zbekiston media bozorini yaxshi bilish: asosiy tahririyatlar, jurnalistlar va media formatlardan xabardor bo‘lish. Qozog‘iston yoki mintaqaning boshqa mamlakatlari media bozorini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.
- O‘zbek va rus tillarida savodli, ravon yozish.
- Mijozlar bilan yozishmalar olib borish va qo‘ng‘iroqlarda erkin muloqot qilish uchun yetarli darajada ingliz tilini bilish.
- Mijozga nafaqat qanday ishlar amalga oshirilayotganini, balki ularning maqsadi va kutilayotgan natijasini ham tushuntira olish.
Qo‘shimcha ustunliklar
- PR-agentlikda ishlash tajribasi.
Mintaqada faoliyat yuritayotgan yirik texnologiya kompaniyasi yoki venchur fondida ishlagan bo‘lish.
Yuqoridagi barcha talablarga to‘liq javob berishingiz shart emas. Biz uchun eng muhimi, qaysi yo‘nalishlarda rivojlanishingiz kerakligini tushunishingiz va yangi bilim hamda ko‘nikmalarni egallashga intilishingizdir.
Shartlar
- Toʻliq bandlik, masofaviy ish.
- Toshkentda yashash yoki shaharga muntazam kelish imkoniyatiga ega bo‘lish. Siz ishlaydigan mijozlar va jurnalistlarning aksariyati aynan shu yerda faoliyat yuritadi
- Mijozlar va jamoa bilan kelishilgan holda moslashuvchan ish jadvali.
- Mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga qabul qilish.
- Ish haqi suhbat natijalariga koʻra muhokama qilinadi.
- Sinov muddati — 3 oy.
Rezyumengizda aloqa ma’lumotlaringiz ko‘rsatilganini tekshiring. Biz siz bilan aynan shu ma’lumotlar orqali bog‘lanamiz.
Men maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqdim va shaxsiy ma’lumotlarimga ishlov berilishiga rozilik bildiraman.